O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15
Yangilik

“Andijon” klubi bosh direktori Ziyodbek Mashrapov U19 va U21 jamoalari bilan uchrashdi

30-avgust, 2026 · 2 daqiqa o'qish
“Andijon” klubi bosh direktori Ziyodbek Mashrapov U19 va U21 jamoalari bilan uchrashdi
Bugun klub bosh direktori Ziyodbek Mashrapov rahbarligida U19 va U21 jamoalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Ayni paytda Elyor Rahmatullayev boshchiligidagi «Andijon» U19 jamoasi chempionatning «Sharq» mintaqasida 10 ta ishtirokchi orasida 13 ochko bilan 7-pog‘onadan joy olgan. U21 jamoamiz esa 34 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Bugun klub bosh direktori Ziyodbek Mashrapov rahbarligida U19 va U21 jamoalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish ochiq muloqot va tanqidiy-tahliliy ruhda kechdi. Kamchiliklar ochiq aytildi, vazifalar belgilab berildi.

Dastlab U19 jamoasi murabbiylari va futbolchilari bilan ochiq suhbat o‘tkazildi. Klub rahbari jamoada mavjud muammolar, natijalarga ta’sir qilayotgan omillar va futbolchilarga nimalar yetishmayotgani bilan qiziqdi. Maqsad esa bitta — mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, jamoa natijalarini yaxshilash.

U19 jamoasi oldiga chempionatni kuchli uchlikda yakunlash vazifasi qo‘yildi. Futbolchilar o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashi, mashg‘ulotlarga jiddiy yondashishi, U21 va eng muhimi, «Andijon» asosiy jamoasi tarkibiga kirish uchun doimiy ravishda intilishi zarurligi ta’kidlandi.

Zero, klub tizimidagi jamoalarning asosiy vazifasi faqat musobaqalarda ishtirok etish emas, balki «Andijon»ning asosiy jamoasi uchun munosib futbolchilarni tayyorlashdir. Chunki ular klubning ertangi kelajagidir.

U21 jamoasi bilan muloqotda esa chempionatdagi so‘nggi natijalar atroflicha muhokama qilindi. «Andijon» U21 birinchi davrani 1-o‘rinda, ya’ni peshqadam sifatida yakunlagan edi. Biroq ikkinchi davrani ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat bilan boshlashi jamoa oldiga jiddiy savollarni qo‘ydi.

Yig‘ilish davomida ushbu salbiy natijalarning sabablari chuqur tahlil qilindi. Klub rahbari Ziyodbek Shuhratovich jamoada qanday muammolar mavjudligi, futbolchilar va murabbiylarga nimalar yetishmayotgani bilan qiziqdi.
Shundoq ham sharoit va imkoniyatlar yaratilgan holatdan tashqari, vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun klub tomonidan yana qo‘shimcha barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorlik bildirildi.

U21 murabbiyi Abdurashid Ismoilov ham so‘zga chiqib, jamoadagi holat, so‘nggi uchrashuvlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
G‘alaba — mehnat va rag‘bat bilan deganlaridek, yig‘ilishda futbolchilarni yanada ruhlantirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Klub rahbariyati U19 va U21 jamoalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘alabalari uchun qo‘shimcha mukofot pullari bilan rag‘batlantirishini ma’lum qildi.

Shuningdek, har ikki jamoa futbolchilari qo‘shimcha vitaminizatsiya bilan ta’minlanishi aytildi. Bu esa yosh futbolchilarning jismoniy holati, tiklanishi va mashg‘ulot jarayonini yanada sifatli tashkil etishga qaratilgan navbatdagi qadam bo‘ldi. Yosh futbolchilarga bildirilgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar ulardan maydonda munosib natijalar bilan javob qaytarishni talab etadi.

Yig‘ilish yakunida jamoalar oldiga aniq va yuqori maqsadlar qo‘yildi.
Ayniqsa, U21 jamoasi uchun vazifa ravshan: faqat va faqat 1-o‘rin!

Birinchi davrada peshqadamlikni qo‘lga kiritgan jamoa ikkinchi davradagi omadsiz startdan so‘ng yana o‘zini tiklab, yuqori pog‘ona uchun kurashishi kerak.
U19 jamoasi esa kuchli uchlikdan joy olish uchun imkoniyatlarini ishga soladi.

«Andijon» U21 jamoasi oldiga qo‘yilgan maqsadni uddalay olsa, kelasi yilgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Turkiyaning Antaliya shahrida ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkillashtirilishi ham aytib o‘tildi.

Har bir futbolchi bugungi mashg‘ulot va har bir o‘yinni o‘z kelajagi uchun muhim qadam sifatida qabul qilishi kerak. Chunki har bir g‘alaba, yaxshi harakat va individual o‘sish futbolchini katta futbolga yana bir qadam yaqinlashtiradi. «Andijon»da esa bu yo‘l ochiq: mehnat qilgan, o‘z ustida ishlagan va natija ko‘rsatgan yosh futbolchi uchun asosiy jamoa eshiklari doimo ochiq. U19 jamoasi navbatdagi uchrashuvini 8 avgust kuni safarda «Respublika FA» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. U21 jamoasi esa 3-sentabr kuni Toshkentda «Paxtakor» U21 mehmoni bo‘ladi.

izoh
izoh
UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
Centrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysiKokand University - FK Andijon homiysiechipta - FK Andijon homiysiUzAuto Motors - FK Andijon homiysi

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →