O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15
Yangilik

“Andijon” Kubokda: navbatdagi muhim qadam tashlandi

21-oktabr, 2026 · 2 daqiqa o'qish
“Andijon” Kubokda: navbatdagi muhim qadam tashlandi
Burgutlarning o'yini haqida sharh

O‘zbekiston Kubogi chorak finalidagi “So‘g‘diyona” hamda “Andijon” o‘yini kutilganidek shiddatli, hujumkor tarzda kechdi. O‘yin ayniqsa, “Andijon” uchun juda muhim ahamiyatga ega edi. Chunki chempionatdagi kutilmaganda ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan keyin bu safargi bahsda g‘alaba qozonish nihoyatda muhim edi. Qolaversa, bu yarim final chiptasi uchun yanada harorati baland uchrashuvga aylangandi.

Uchrashuv boshidanoq “Burgutlar” faol harakat qila boshladi, kerak paytda raqibning hujumlariga sovuqqonlik bilan yondashib, mudofaada mustahkam turdilar. O‘yindagi asosiy voqealar tanaffusdan keyin yuz berdi.

Islom Ahmedov boshqaruvidagi “Andijon” ikkinchi bo‘limda ham shiddatni yanada oshirdi va raqib darvozasi oldida xavfli hujumlar uyushtira boshladi. Natijada 59-daqiqada Xumoyunmirzo Iminovning burchakdan uzatgan pasidan so‘ng to‘p raqib himoyachisiga tegib, o‘z darvozasidan joy oldi. 79-daqiqada esa Rustam Turdimurodovning trivella uslubidagi ajoyib to‘p uzatishini Martin Boake golga aylantirdi. Butun o‘yinni jamoadoshlari kabi faol o‘tkazgan Boake gol urishga haqli edi, albatta. Biroq bahs yakunida u ikkinchi sariq va ortidan qizil kartochka olib maydonni tark etgani afsuslanarli bo‘ldi.

Mezbonlar bir bor javob qaytarishdi. Biroq boshqa ularda bunday imkoniyat bo‘lmadi. “Andijon” esa mehmonda juda qimmatli g‘alabani qo‘lga kiritib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. O‘zbekiston Kubogi yarim finalida jamoamiz “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushadi.

Ungacha esa jamoamiz chempionat doirasida o‘yinlarini o‘tkazadi. Navbatdagi bellashuv 25-oktyabr kuni Samarqandda “Dinamo”ga qarshi o‘tkaziladi. Bo‘lajak bellashuvda ham jamoamizga omad tilaymiz.

“So‘g‘diyona” – “Andijon” – 1:2 (0:0)

20-oktyabr. Zomin. “Zomin” markaziy stadioni. 1210 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Adham Rixsiboyev, Abdurashid Erkinov.

Zaxira hakami: Sanjar Nazarov.

VAR: Jasur Muxtorov.

AVAR: Sherzod A’zamov.

Nazoratchi: Marat Ismoilov.

Komissar: Sherzod Rajabov.

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Zoir Jo‘raboyev, Behruz Jumatov, Behruz Asqarov (Ollobergan Karimov, 65), Abdulazizxon Abdurashidov (Javohir Qahramonov, 65), Filip Ivanovich, Oybek Nurmatov (Islom Qobilov, 89), Petar Michin, Jamshid Boltaboyev (Sardor Jamolov, 79), Amir Saidov (Samandar Mavlonqulov, 65), Lyupcho Doriyev.

“Andijon”: Eldor Adhamov, Abdulvohid G‘ulomov (Abdurahmon Komilov, 90+1), Islom To‘xtaxo‘jayev, Nemanya Chalasan, Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov (Shohjahon Yorqinboyev, 75), Damir Temirov, Xumoyunmirzo Iminov (Rustam Turdimurodov, 75), Doniyor Abdumannopov (Aziz Turg‘unboyev, 68), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Bekzod Sulaymonov, 68), Martin Boake.

Gollar: Petar Michin, 59-avtogol – 0:1. Martin Boake, 79 – 0:2. Sardor Jamolov, 84 – 1:2.

Ogohlantirishlar: Filip Ivanovich, 52 – Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 7. Bekzod Sulaymonov, 84. Martin Boake, 90.

Chetlatish: Martin Boake, 90+5.

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
Centrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysiKokand University - FK Andijon homiysiechipta - FK Andijon homiysiUzAuto Motors - FK Andijon homiysi

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →