O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiDinamoDinamo1:1AndijonAndijonKeyingiNavbahorNavbahor—AndijonAndijon 31-oktabr, 2026 · 19:00
Yangilik

«Andijon» oxirigacha kurashdi: Samarqandda muhim ochko qo‘lga kiritildi

26-oktabr, 2026 · 2 daqiqa o'qish
«Andijon» oxirigacha kurashdi: Samarqandda muhim ochko qo‘lga kiritildi
O'yin sharhi

Superliganing 25-turida Samarqandda «Dinamo» va «Andijon» jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Murosasiz kechgan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida dramatik voqealar ro‘y berdi va jamoamiz mag‘lubiyatdan qutulib, 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi.
Birinchi boʼlimda hujumlarni mantiqiy yakunlash, vaziyatlardan unumli foydalanish borasida kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Tanaffusgacha hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘limda esa «Andijon» ancha faollashdi. Futbolchilarimiz raqib darvozasi tomon ko‘proq intilishdi, hujumlar tashkil etib, xavfli vaziyatlar yaratishdi. Jamoa o‘yinidagi jonlanish sezilgan bo‘lsa-da, yaratilgan imkoniyatlarni golga aylantirish oson kechmadi.
Uchrashuvning 85-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Bu gol jamoamizni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Vaqt oz qolgan, mag‘lubiyat esa tobora yaqinlashayotgandek edi. Ammo «Andijon» taslim bo‘lmadi.
90+2-daqiqada jamoamiz o‘z xarakterini namoyon etdi! Oxirgi daqiqalarga qadar kurashni davom ettirgan futbolchilarimiz hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Shu tariqa «Andijon» Samarqanddan bir ochko bilan qaytdi.
So‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatga rozi bo‘lmaslik, oxirigacha kurashish va hisobni tenglashtirish — jamoaning ruhiy barqarorligi uchun muhim jihat.
Quvonarlisi, jarohatidan forig‘ bo‘lib borayotgan Andronikashvili ham zaxiradan maydonga tushdi. Uning safga qaytishi jamoamiz uchun keyingi uchrashuvlar oldidan muhim yangilik bo‘lishi mumkin.
Endi e’tibor keyingi oʼyinga qaratiladi. 31-oktabr kuni «Andijon» safarda «Navbahor»ga qarshi maydonga tushadi. Samarqandda ko‘rsatilgan xarakterni keyingi bahsda ham namoyon etish, kamchiliklarni bartaraf etib, muxlislarni xursand qiladigan natija qayd etish — jamoamizning asosiy vazifasi.
“Dinamo” – “Andijon” – 1:1 (0:0).
25 oktabr. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 5355 tomoshabin.
Hakamlar: Olim To'ychiboev, Shoxruh A'zamov, Aziz Isaqov
Zaxira hakami: Diyor Amonov
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Sherzod Rajabov
“Dinamo”: Edem Nemanov, Mixail SHtefan, Edem Seytveliev, Amadu Dumbiya, Jaloliddin Jumaboev, Akbar Xudoyberdiev (Tigran Avanesyan, 55), Xaris Xaydarevich, Firdavs Abdurahmonov, Oybek O'rmonjonov (Ulug'bek Abdullaev, 65), Aziz Amonov (Abdug'ofur Haydarov, 55), Anvar Hojimirzaev (Jahongir Abdusalomov, 84).
“Andijon”: Eldor Adhamov (Artyom Potapov, 46), Odil Abdumajidov, Abdulvohid G'ulomov, Nemanya Chalasan, Usmonali Ismonaliev, Muhammadkarim Toirov, Damir Temirov, Humoyunmirzo Iminov (Aleksandr Andronikashvili, 79), Aziz Turg'unboev (Po'latxo'ja Xoldorxonov, 46), Doniyor Abdumannopov (Bekzod Sulaymonov, 60), Rustam Turdimurodov (Xamidullo Karimov, 79).
Gollar: Ulug'bek Abdullaev, 85 – 1:0. Odil Abdumajidov, 90+2 – 1:1.
Ogohlantirishlar: Muhammadkarim Toirov, 77. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 84.

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
Centrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysiKokand University - FK Andijon homiysiechipta - FK Andijon homiysiUzAuto Motors - FK Andijon homiysi

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →