O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiDinamoDinamo1:1AndijonAndijonKeyingiNavbahorNavbahor—AndijonAndijon 31-oktabr, 2026 · 19:00
Artyom Potapov: «Nazarimda, uchrashuv uchun durang mantiqiy natija bo‘ldi»
Intervyu

“Nazarimda, uchrashuv uchun durang mantiqiy natija bo‘ldi

APArtyom PotapovArtyom PotapovFutbolchi sahifasi →26-oktabr, 2026 · 3 ta savol · 1 daqiqa o'qish
O'yin haqida

«Andijon» klubi chempionatning 25-turida Samarqandda «Dinamo»ga qarshi o‘tkazilgan bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi va bir ochkoga ega bo‘ldi. Ayniqsa, o‘yin oxirlarida to‘p o‘tkazib yuborib, qo‘shimcha daqiqalarda hisobni tenglashtirish orqali bir ochkoni qo‘lga kiritishning qiymati baland.

Uchrashuvda ikkinchi bo‘limda darvozabon Eldor Adhamovning biroz jarohati sababli o‘rniga maydonga tushgan Artyom Potapov ham murabbiylar ishonchini oqlash uchun harakat qildi va o‘z postida ishonchli harakat qildi.

Uchrashuvdan keyin esa u bellashuv borasida fikrlarini bildirdi.

Savol

— Artyom, Samarqanddagi o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Ushbu bahs haqidagi fikrlaringiz qanday?

APArtyom PotapovArtyom Potapov

Bu uchala natija ham qayd etilishi mumkin bo‘lgan o‘yin edi. G‘alaba qozonishimiz ham, mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. Nazarimda, bugungi uchrashuv uchun durang mantiqiy natija bo‘ldi.

Savol

— Demak, natijadan mamnunsiz?

APArtyom PotapovArtyom Potapov

Yo‘q, to‘liq mamnunman, deb aytolmayman. G‘alaba qozonishni xohlagandik. Ayniqsa, chempionatda anchadan beri g‘alaba qozona olmayotganimiz uchun bugun yutishni va muxlislarimizni xursand qilishni istagandik. Ammo bor gap shu — safarda bir ochko qo‘lga kiritdik. Bu ham yomon emas.

Savol

— Keyingi uchrashuv — vodiy derbisi, ya’ni «Navbahor» — «Andijon» bahsi. Bu uchrashuv oldidan nima deya olasiz? Jamoaning kayfiyati va motivatsiyasi qanday?

APArtyom PotapovArtyom Potapov

«Navbahor» juda yaxshi jamoa. Ammo biz, avvalo, o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishimiz va o‘z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib harakat qilishimiz kerak. Har qanday holatda ham bu derbi, katta ahamiyatga ega uchrashuv. Faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Biz muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
echipta - FK Andijon homiysiUzAuto Motors - FK Andijon homiysiCentrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysiKokand University - FK Andijon homiysi

Boshqa intervyular

Barcha intervyular →