﻿FK ANDIJON - GERBDAN FOYDALANISH QOIDALARI

RUXSAT ETILADI
- Gerbni klub haqidagi xabar, maqola, ko'rsatuv va afishalarda ishlatish.
- Gerbni faqat shu to'plamdagi fayllardan olish.
- Gerbni to'q ko'k, oq yoki tinch (bir tekis) fonda joylash.

BO'SH JOY
- Gerb atrofida kamida gerb kengligining 1/4 qismicha bo'sh joy qoldiring.
  Bu maydonga matn, boshqa logo yoki rasm chekkasi kirmasin.

ENG KICHIK O'LCHAM
- Ekranda: balandligi 48 px dan kichik emas.
- Bosmada: balandligi 15 mm dan kichik emas.

TAQIQLANADI
- Gerbni cho'zish yoki siqish (nisbatni buzish).
- Gerbni burish, qiyshaytirish.
- Ranglarini almashtirish, filtr, soya, nur, kontur qo'shish.
- Qismlarini ajratib olish (Bobur siluetini, 1964 ni, yozuvni alohida ishlatish).
- Gerbni ola-chipor rasm ustiga tagliksiz qo'yish.
- Ekrandan olingan, xira yoki qayta siqilgan nusxadan foydalanish.
- Gerbni reklama yoki tovarda klub ruxsatisiz ishlatish.

SHRIFTLAR
- Sarlavha: Nekst. Matn va raqamlar: Coolvetica.
- Shriftlar litsenziyali, to'plamga kiritilmagan.

SUB-BREND
- Matbuot xizmati belgisi: "ANDIJON PRESS - LIVE". Faqat klub matbuot xizmati
  materiallarida ishlatiladi.

Oq-qora va boshqa rangdagi variantlar, katta o'lchamdagi fayl va
tijoriy foydalanish uchun ruxsat: klub matbuot xizmati, andijonfk.uz/sayt/aloqa
