O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15

Brendbuk

FK Andijon gerbi, ranglari va shriftlari - yuklab olish va to‘g‘ri ishlatish qoidalari.

Matbuot to'plami

Klub haqida material tayyorlayotgan jurnalist, dizayner va hamkorlar uchun. Fayllarni bemalol yuklab oling - faqat pastdagi qoidalarga amal qiling.

↓ To'liq to'plamni yuklab olish ZIP: gerb, ranglar, qoidalar

1. Gerb fayllari

2. Ranglar bosing - kod nusxalanadi

3. To'g'ri ishlatish

Bo'sh joy. Gerb atrofida kamida gerb kengligining 1/4 qismicha bo'sh joy qoldiring - u yerga matn, boshqa logo yoki rasm chekkasi kirmasin.

Eng kichik o'lcham. Ekranda balandligi 48 px, bosmada 15 mm dan kichik bo'lmasin - undan kichikda 1964 va Bobur silueti o'qilmay qoladi.

Fon. To'q ko'k, oq yoki tinch bir tekis fon. Surat ustida - faqat gerb atrofi tinch bo'lsa yoki ko'k/oq taglik bilan.

4. Mumkin emas

Cho'zmang
Burmang
Rangini o'zgartirmang
Effekt qo'shmang
Ola-chipor fonga qo'ymang

Shuningdek: gerb qismlarini (Bobur siluetini, 1964 ni, yozuvni) alohida ishlatmang; ekrandan olingan yoki xira nusxadan foydalanmang; gerbni reklama va tovarda klub ruxsatisiz ishlatmang.

5. Shrift va sub-brend

SarlavhaNekst
Matn va raqamCoolvetica
Matbuot xizmati belgisiANDIJON PRESS LIVE

Shriftlar litsenziyali, to'plamga kiritilmagan. «ANDIJON PRESS» belgisi faqat klub matbuot xizmati materiallarida ishlatiladi. Oq-qora va boshqa rangdagi gerb variantlari, katta o'lchamdagi fayl yoki tijoriy foydalanishga ruxsat uchun matbuot xizmatiga yozing.