UzbekRussianEnglish
PreviousDynamoDynamo1:1AndijanAndijanNextNavbahorNavbahor—AndijanAndijan October 31, 2026 · 7:00 p.m
News

Derbi oldidan «Andijon»da birdamlik va o'zaro ishonch ruhi

October 29, 2026 · 1 minute read
Derbi oldidan «Andijon»da birdamlik va o'zaro ishonch ruhi
Vodiy derbisi oldidan

Bugungi mashg'ulotdan so'ng «Andijon» klubi bosh direktori Ziyodbek Mashrapov murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan uchrashib, jamoa bilan samimiy suhbatlashdi.

31 oktabr kuni Namanganda vodiy futboli muxlislari intiqlik bilan kutayotgan «Navbahor» — «Andijon» derbisi bo'lib o'tadi. Bunday uchrashuvlar o'zining alohida muhiti, hayajoni va futbolga bo'lgan mehr bilan ajralib turadi.

Bo'lajak bahs oldidan Ziyodbek Mashrapov futbolchilar bilan fikr almashib, ularni qo'llab-quvvatladi va jamoaga bo'lgan ishonchini bildirdi. Suhbat davomida «Andijon»ning har bir a'zosi umumiy maqsad yo'lida birlashishi, maydonga yaxshi kayfiyat, o'zaro ishonch va g'alabaga intilish bilan chiqishi muhimligi ta'kidlandi.

«Andijon»ning ortida doimo o'z jamoasiga mehr qo'ygan, uning quvonchiga sherik, qiyin damlarida esa tayanch bo'lishga tayyor muxlislar bor. Aynan shu mehr va qo'llab-quvvatlash jamoaning eng katta kuchlaridan biridir.

Oldinda muhim uchrashuv turibdi. Ammo futbolning go'zalligi shundaki, har bir yangi o'yin yangi imkoniyat, yangi hissiyot va yangi quvonch uchun eshik ochadi. Jamoamizga esa maydonda o'z o'yinidan zavq olib, bir-birini qo'llab-quvvatlab, bor mahoratini namoyon etishini tilaymiz.

SharingTelegramWhatsApp

Fan opinion

Sign in to commentOne click via Telegram →
Be the first to know the newsGoals, fixtures, live streaming and tickets — on our official Telegram channel.
Subscribe
Our partners
Kokand University is a sponsor of FC Andijanechipta is a sponsor of FC AndijanUzAuto Motors is a sponsor of FC AndijanCentrum Air is a sponsor of FC AndijanAksoy Suvi is a sponsor of FC Andijan

Other news

All news →