O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15
Islom Ahmedov: «Futbolchilar boshqacha “nastroy” bilan maydonga tushishdi»
Intervyu

“Futbolchilar boshqacha “nastroy” bilan maydonga tushishdi

IAIslom Ahmedov21-oktabr, 2026 · 4 ta savol · 1 daqiqa o'qish
O'yindan keyingi matbuot anjumani

“Andijon” klubi O‘zbekiston Kubogi chorak finalida Zominda “So‘g‘diyona” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida g‘olib jamoa bosh murabbiyi Islom Ahmedov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Savol

O'yin haqida fikringiz?

IAIslom Ahmedov

G‘alaba bilan Andijon xalqimizni va qolaversa, bu yerga kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizni tabriklayman hamda ularga kattakon rahmat aytamiz. O‘yinga keladigan bo‘lsak, og‘ir kechishini bilgandik. Sababi, futbolchilarimizda biroz ruhiy tushkunlik bor edi. Oxirgi uchrashuvlarda omad yetishmayotgandi. Xudoga shukr, bu safar yoqimsiz an’anaga chek qo‘yib, g‘alabaga erishdik. Futbolchilarimiz o‘yinni yaxshi nazorat qilishdi. Yakunda g‘alabaga erishdik.

Savol

— “Andijon” chempionatdagi oxirgi uchta turda mag‘lubiyatga uchragandi va chorak final oldidan ularni ruhiy tomondan tiklash, motivatsiya berib uyg‘otish murabbiy sifatida sizga qo‘shimcha muammolar tug‘dirmadimi?

IAIslom Ahmedov

Ochig‘i, futbolchilarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini qaytarish qiyin bo‘ldi. Biroq boshida aytganmiz, natija uchun biz javobgarmiz. Hammasini o‘z bo‘ynimizga olib, falsafamizdan chetga chiqmagan holda to‘pni nazorat qilib, hujumlar uyushtirish borasida ularga uqtirdik. Qanaqa natija bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z o‘yinimizdan chetga chiqmaymiz. Faqat oxiriga kelganda muvozanatni yo‘qotmaslik borasida yetarlicha tushunchalar bergandik. Xudoga shukr, yigitlar yaxshi harakat qilib, maydonda oxirigacha kurashishdi. Bugun boshqacha “nastroy” bilan maydonga tushishdi.

Savol

— Martin Boake faol o‘ynadi. U gol urdi, afsuski, oxirida qizil kartochka ham oldi. Bunga qanday izoh berasiz?

IAIslom Ahmedov

Buni hakam baholaydi. Bosh hakam shunday qaror qabul qildi, ularning ishiga aralasha olmaymiz.

Savol

— Mahmud Mahamadjonovning transferidan keyin chap qanotda muammolar ko‘zga tashlanayotgandek tuyuldi. Bu muammoni hal qilish uchun qo‘shimcha yechimlar bormi?

IAIslom Ahmedov

Rost, chempionat o‘rtasida Mahamadjonov ketib qoldi. Shu bois biz o‘yinchi ololmadik. Himoyachi olishga harakat qildik, lekin qo‘lga kirita olmadik. Aynan chap qanot himoyachisi yo‘q. Iloji yo‘qligidan u pozitsiyada o‘ng oyoqda o‘ynaydigan o‘yinchilarimizni o‘ynatyapmiz. Qo‘ldan kelganicha o‘zimizdagi bor futbolchilardan yechim topishga harakat qilyapmiz.

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
echipta - FK Andijon homiysiUzAuto Motors - FK Andijon homiysiCentrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysiKokand University - FK Andijon homiysi

Boshqa intervyular

Barcha intervyular →