Mahmud Mahamadjonovdan hayrlashuv soʼzlari


Kuni kecha "Andijon"dan Rossiyaning "Dinamo" Mahachkala jamoasiga transfer qilingan Mahmud Mahamadjonov "Andijon" matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:
«Men uchun oson bo‘lmagan qarorni qabul qilib, yangi jamoa sari yo‘l olyapman.
Avvalo, shu vaqt davomida menga ishonch bildirgan, qo‘llab-quvvatlagan va futbolchi sifatida rivojlanishimga katta hissa qo‘shgan jamoam rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoadoshlarim va muxlislarimizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman.
Alohida viloyat hokimimiz Shuhratbek Qushaqbayevichga ham futbolga, jamoamizga va biz futbolchilarga ko‘rsatgan e’tibori, qo‘llab-quvvatlovi va ishonchi uchun katta rahmat aytaman. Bu e’tibor va ishonch men uchun doimo qadrlidir.
Bu jamoada o‘tkazgan har bir kunim, birga qo‘lga kiritgan g‘alabalarimiz, boshdan kechirgan qiyinchiliklarimiz va yaxshi xotiralarim qalbimda qoladi.
Men bu jamoani tark etayotgan bo‘lsam ham unga bo‘lgan hurmatim va mehrim doimo saqlanib qoladi. Menga berilgan ishonchni boshqa jamoada ham oqlashga va yanada katta marralar sari intilishga harakat qilaman.
Barchangizga yana bir bor katta rahmat. Sizlarga faqat omad, rivoj va yangi g‘alabalar tilayman!
Bu xayrlashuv emas — yana uchrashamiz».
Muxlislar fikri
Boshqa yangiliklar

Jamoamiz Jizzaxda tayyorgarlik ko'rmoqda
Burgutlarni yana bir muhim o'yin kutmoqda

“Andijon” Kubokda: navbatdagi muhim qadam tashlandi
Burgutlarning o'yini haqida sharh

TUG'ILGAN KUNINGIZ BILAN, FAZLIDDINXO‘JA! 🎉🎂
⚽ Bugun yarim himoyachimiz Fazliddinxo‘ja Ubaydullayev 20 yoshga to'ldi! 🥳 ❤️ Andijon oilasi sizni chin qalbdan tabriklaydi! Har






