O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 25.09.2026

Umumiy qoida

andijonfk.uz — FK Andijon futbol klubining rasmiy sayti. Sayt ro'yxatdan o'tishni talab qilmaydi, parol va to'lov ma'lumotlarini so'ramaydi hamda sotmaydi.

Muxlis so'zi

O'yin sahifasida qoldirilgan xabar va siz yozgan ism (ixtiyoriy) saqlanadi. Xabar klub matbuot xizmati tasdiqlagandan keyingina saytda ko'rinadi. Takroriy yuborishni aniqlash uchun brauzeringizda tasodifiy belgi yaratiladi — u sizni shaxsan tanitmaydi.

Reaksiyalar

O'yin sharhiga bosilgan reaksiyalar anonim sanaladi; har brauzerdan bitta ovoz hisoblanishi uchun o'sha tasodifiy belgidan foydalaniladi.

Tashrif statistikasi

Saytdagi hisoblagich faqat kun, ochilgan sahifa, qayerdan kelingani (Telegram, Instagram, qidiruv) va qurilma turini (telefon yoki kompyuter) sanaydi. IP manzil, cookie va shaxsiy ma'lumot saqlanmaydi. Google Analytics yoki shunga o'xshash tashqi kuzatuv xizmatlari ishlatilmaydi.

Brauzer xotirasi

Saytning ishlashi uchun brauzeringizda (localStorage) faqat tasodifiy belgi va «bugun kirganmisiz» sanasi saqlanadi. Ularni brauzer sozlamalaridan istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.

Tashqi xizmatlar

Chipta sotuvi, klub do'koni va Telegram kanali tashqi platformalarda ishlaydi va o'z maxfiylik qoidalariga ega. O'yin videolari YouTube orqali ko'rsatiladi.

Ma'lumotni o'chirish

Qoldirgan xabaringizni o'chirish yoki savol uchun «Aloqa» sahifasidagi manzillar orqali klub matbuot xizmatiga murojaat qiling.