O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15
Yangilik

Rasmiy munosabat

9-sentabr, 2026 · 1 daqiqa o'qish
Rasmiy munosabat
Turli mish-mishlarga izoh berildi

So'nggi kunlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon» futbol klubi yangi mavsum uchun bosh murabbiylik lavozimiga turli mutaxassislar, jumladan, Ro'ziqul Berdiev bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

«Andijon» futbol klubi mazkur xabarlar yuzasidan shuni ma'lum qiladiki, ayni paytda klub tomonidan boshqa mutaxassislar bilan bosh murabbiylik lavozimi bo'yicha hech qanday muzokaralar olib borilayotgani yo'q.

Klub rahbariyati amaldagi murabbiylar shtabiga to'liq ishonch bildirmoqda. Jamoa belgilangan reja asosida mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash va oldinda turgan maqsadlarga erishish yo'lida ish olib bormoqda.

Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari va muxlislardan turli manbalarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan xabarlarga emas, balki klubning rasmiy axborot kanallarida e'lon qilinayotgan ma'lumotlarga tayanishlarini so'raymiz.

«Andijon» futbol klubiga oid barcha muhim va rasmiy ma'lumotlar, jumladan, murabbiylar shtabi, jamoa tarkibi, transferlar va boshqa masalalarga taalluqli xabarlar faqat klub matbuot xizmati tomonidan rasmiy ravishda e'lon qilinadi.

Klub jamoa hayotiga oid muhim yangiliklarni doimo muxlislar va ommaviy axborot vositalari bilan oʼzining rasmiy axborot kanallari orqali muntazam ravishda baham koʼrib boradi.

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
Centrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysiKokand University - FK Andijon homiysiechipta - FK Andijon homiysiUzAuto Motors - FK Andijon homiysi

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →