O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15
Yangilik

“So‘g‘diyona” – “Andijon”: bu yil hisobidan uchinchi to‘qnashuv

19-oktabr, 2026 · 1 daqiqa o'qish
“So‘g‘diyona” – “Andijon”: bu yil hisobidan uchinchi to‘qnashuv
Jamoalar yarim final yo'llanmasi uchun kurashadilar

Ertaga O‘zbekiston Kubogi chorak final doirasida “Zomin” markaziy stadionida “So‘g‘diyona” hamda “Andijon” klublari yarim final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradilar.

Bu yil hisobidan ushbu jamoalarning o‘zaro uchinchi o‘yiniga guvoh bo‘lamiz. Bungacha birinchi va ikkinchi davrada “So‘g‘diyona” va “Andijon” o‘zaro bellashib bo‘lishgan.

Yodingizda bo‘lsa, chempionatning ilk o‘yinida “Bobur arena”da jamoamiz raqibini 4:0 hisobida tor-mor keltirgan bo‘lsa, ikkinchi davrada Zomindagi uchrashuvda mezbonlarning qo‘li baland kelgan – 1:0.

Navbatdagi o‘yin esa Kubok doirasida chorak final bosqichiga to‘g‘ri keladi. Jamoalarning shu yilgi O‘zbekiston Kubogida chorak finalgacha bosib o‘tgan yo‘li bilan tanishamiz.

“So‘g‘diyona”

Guruh bosqichi:

“So‘g‘diyona” – “Respublika FA” – 5:2
Gollar: Faysal Mulich dubl, Aleksandar Bolevich, Ollobergan Karimov, Sardor Hoshimov.

“Mash’al” – “So‘g‘diyona” – 1:2
Gollar: Abdulazizxon Abdurashidov, Ollobergan Karimov.

“So‘g‘diyona” – “Olimpik Mobiuz” – 3:1
Gollar: Sardor Hoshimov, Umidjon Sultonov, Inomjon Abdumajidov.

Nimchorak final:

“So‘g‘diyona” – “Jayxun” – 2:1
Gollar: Filip Ivanovich, Abdulazizxon Abdurashidov.

To‘plar nisbati: 12–5.

“Andijon”

Guruh bosqichi:

“Sho‘rtan” – “Andijon” – 1:3
Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Odil Abdumajidov, Muhammadkarim Toirov.

“Andijon” – “Nasaf” – 1:1
Gol: Martin Boake.

“Xavokand” – “Andijon” – 1:8
Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov xet-trik, Aziz Turg‘unboyev dubl, Usmonali Ismonaliyev, Bekhod Sulaymonov va Hamidullo Karimov.

Nimchorak final:

“Andijon” – “Olimpik Mobiuz” – 2:2 (penaltilar seriyasi – 5:4)
Gollar: Imeda Ashorita, Rustam Turdimurodov.

To‘plar nisbati: 14–5.

Bo‘lajak o‘yinda “Andijon”ga omad tilaymiz!

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
Kokand University - FK Andijon homiysiechipta - FK Andijon homiysiUzAuto Motors - FK Andijon homiysiCentrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysi

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →