O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiNavbahorNavbahor1:0AndijonAndijonKeyingiAndijonAndijon—LokomotivLokomotiv 7-noyabr, 2026 · 16:00
Temur Kapadze: «Andijon»da ham yaxshi futbolchilar bor»
Intervyu

“Andijon»da ham yaxshi futbolchilar bor

TKTemur Kapadze1-noyabr, 2026 · 4 ta savol · 3 daqiqa o'qish
Matbuot anjumani

«Navbahor» hamda «Andijon» o‘rtasidagi vodiy derbisidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Temur Kapadze qatnashdi.

Savol

Uchrashuv borasida fikringiz qanday?

TKTemur Kapadze

Albatta, butun «Navbahor» jamoasini, muxlislarini — barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuv bo‘lishini bilardik. Qaysidir ma’noda prinsipial o‘yin ekanini ham tushunardik. Lekin, o‘ylaymanki, yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Albatta, o‘yin oson o‘tmadi, biroq, menimcha, yaxshi harakat qildik.

Biz har doim g‘alaba qozonishni istaymiz. Ertaroq ham gol urish imkoniyatimiz bor edi. Futbol bu... Eng asosiysi, g‘alaba qozondik va endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Albatta, «Andijon» jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilaymiz.

Savol

— Temur aka, mavsum yakuniga yetib qoldi. Mavsum davomida namanganlik muxlislar tomonidan Temur Kapadze nomi qaysidir ma’noda o‘ziga xos «krichalka»ga aylanib qoldi. Namangandek shaharda bunday darajadagi natijaga erishish har doim ham murabbiylarga nasib qilavermagan. Bu sizda qanday hissiyotlarni uyg‘otmoqda?

TKTemur Kapadze

Albatta, bu juda yoqimli. Har bir muxlisga rahmat aytaman. O‘ylaymanki, men ham, jamoam ham ularni xursand qilish uchun har tomonlama harakat qilyapmiz. Xudoga shukr, shunday natijalarga erisha olyapmiz. Har bir stadionga kelgan muxlisni xursand qilayotganimizdan o‘zimiz ham mamnunmiz.

Qolaversa, muxlislarning bizga shunday munosabat bildirishi men uchun ham, jamoa uchun ham juda yoqimli holat. O‘ylaymanki, bu hamisha shunday bo‘lsin, har bir murabbiyga muxlislarni xursand qilish nasib etsin. Chunki murabbiylik shunday kasb: g‘alaba qozonsangiz, hamisha ko‘klarga ko‘tarishadi, mag‘lubiyatga uchrasangiz esa...

Xudoga shukr, harakat qilyapmiz, buning evaziga Xudo ham bizga baraka beryapti. Shuning uchun, albatta, bu juda yoqimli. O‘ylaymanki, biz ham ularga o‘z o‘yinimiz bilan javob qaytaryapmiz.

Savol

— Hozirda ko‘plab jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Garchi transfer bozori hali ochilmagan bo‘lsa-da, kelasi mavsum uchun muzokaralar boshlangan. «Navbahor»da bugungi kunda vaziyat qanday? Kelasi mavsum uchun «Andijon»dan ayrim futbolchilarni tarkibingizga jalb qilishingiz mumkinmi?

TKTemur Kapadze

Albatta, menimcha, har bir jamoada u yoki bu darajada bunday harakatlar bor. Baribir kelasi yilni o‘ylash kerak. Transfer masalasida kimdir ketishi mumkin yoki o‘z futbolchilarimizdan ayrimlarining shartnomasi tugayapti. Shuning uchun bu borada ishlar olib borilyapti. Ko‘ramiz, vaqt ko‘rsatadi. Lekin, menimcha, nafaqat bizda, balki boshqa jamoalarda ham bu borada harakatlar boshlangan.

Albatta, ehtimoliy nomzodlar ro‘yxati shakllantirilgan. «Andijon»da ham yaxshi futbolchilar bor. Mavsum boshidayoq ayrim futbolchilarni, balki biz ham o‘z safimizda ko‘rishni istagan o‘yinchilarni kuzatgandik. Shuning uchun ko‘ramiz, tanlov bo‘ladi. Yaxshi futbolchilar bo‘lishi kerak. Har bir jamoaga yaxshi o‘yinchilar zarur. Qolganini vaqt ko‘rsatadi. Albatta, «Andijon»da yaxshi futbolchilar bor.

Savol

— Bugungi g‘alabadan keyin jamoa kuchli uchlikdagi o‘rnini ancha mustahkamlab oldi. Superligaga e’tiborni biroz kamaytirib, asosiy e’tiborni Kubok musobaqasiga qaratish rejalashtirilganmi yoki ikki frontda ham oxirigacha kurash olib boriladimi?

TKTemur Kapadze

Albatta, ikki frontda ham maydonga tushamiz, o‘ynaymiz. Har bir uchrashuvga g‘alaba qozonish uchun chiqamiz. O‘ylaymanki, qaysi o‘yin bo‘lishidan qat’i nazar, maksimal darajada g‘alaba uchun harakat qilamiz. Menimcha, bu borada tanlov bo‘lmaydi. Qolgani nasib. Eng asosiysi, mashg‘ulotlarda ham, umuman, o‘yinga tayyorgarlik jarayonida ham professional yondashsak, hammasi joyida bo‘ladi.

Kubok masalasida ham bizni o‘ylantirayotgan jihatlar ko‘p. Chunki hozir milliy jamoa bilan bog‘liq vaziyat ham bor. Oldinda yana bitta tur bor, keyin milliy jamoa yig‘ini boshlanadi. Kimlar chaqirilishini hozircha bilmaymiz.

Bilasizlar, milliy jamoani ikkita uchrashuv kutyapti. Ikkinchisi 17-kuni safarda bo‘ladi. Buning ustiga, 20-kuni «Neftchi» bilan o‘z maydonimizda derbi o‘yinimiz bor. 17-kuni o‘ynab, futbolchilar qachon qaytib kelishadi? 18-kuni kelib, bir kun mashg‘ulot o‘tkazib, yana o‘yinga tayyorlanishlari kerak bo‘ladi. Ular o‘ynay oladimi yoki yo‘qmi? Buning o‘zi ham ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi.

Buning ustiga, o‘sha o‘yindan keyin darhol Kubok uchrashuvi belgilangan. Bunday holatlar, albatta, biz — murabbiylar uchun juda qiyin masala. Chunki hozir yana tanaffus bo‘ladi, keyin yana tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak. Ayrim futbolchilar milliy jamoada bo‘lganidan keyin o‘yin ritmidan tushib qolishi, o‘yin tonusini yo‘qotishi mumkin. Bunday jihatlar ko‘p.

O‘ylaymanki, barcha jamoalarda shunday bosh og‘rig‘i bor. Albatta, milliy jamoa hammamiz uchun hamisha ustuvor hisoblanadi. Ularga faqat omad tilaymiz. Biz esa ishlashda davom etamiz.

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
UzAuto Motors - FK Andijon homiysiCentrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysiKokand University - FK Andijon homiysiechipta - FK Andijon homiysi

Boshqa intervyular

Barcha intervyular →