ÖzbekçaРусскийEnglish
OldingiNavbahorNavbahor1:0AndijonAndijonKeyingiAndijonAndijon—LokomotivLokomotiv 7-noyabr, 2026 · 16:00
Bekzod Sulaymonov: «100 foiz penalti bor edi»
Intervyu

“100 foiz penalti bor edi

BSBekzod SulaymonovBekzod SulaymonovFutbolçi sahifasi →1-noyabr, 2026 · 4 ta savol · 1 daqiqa öqiş
Futbolçimiz bilan intervyu

Namanganda bölib ötgan «Navbahor» va «Andijon» klublari örtasidagi vodiy derbisi kutilganidek juda şiddatli va keskin kuraşlar ostida keçdi. Öyin esa 1:0 hisobida mezbonlarning foydasiga hal böldi.

Biroq «Andijon» raqibga munosib qarşilik körsatdi. Zaxiradan maydonga tuşgan Bekzod Sulaymonov esa ikkita epizodda voqeaning qahramoniga aylandi. Avvaliga uni jarima maydoni içida yiqitişdi, keyin esa u juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

Savol

- Bekzod, vodiy derbisi haqidagi fikringiz qanday? Öyin oxirlarida sizni jarima maydoni içida töxtatib qolişdi, ammo hakam penalti belgilamadi. Öşa vaziyatga qanday izoh berasiz?

BSBekzod SulaymonovBekzod Sulaymonov

Öyinga keladigan bölsak, bu derbi va biz uçun muhim bellaşuv edi. Uçraşuvga 100 foiz tayyor edik. Buni maydonda ham kördinglar. Lekin biz heç bölmaganda uyga bir oçko bilan qaytişimiz kerak edi. Lekin bunga hakamlar tösqinlik qilişdi. 80-daqiqada öylaymanki, 100 foiz penalti bor edi. Meni yelkamdan uşlab qoldi. Aks holda darvozagaça masofa yaqin edi va men gol urişim mumkin edi.

Hakam öyin mobaynida köp vaziyatlarda 50 ga 50 holatlarda ham raqib foydasiga qaror çiqardi. Afsuski, men qulay vaziyatdan foydalana olmadim. Buning uçun jamoadoşlarim va muxlislarimizdan uzr sörayman. Yana takrorlayman, biz derbida heç bölmaganda durang natijaga loyiq edik.

Savol

- Darhaqiqat, «Andijon» mağlubiyatga loyiq emasdi, lekin hayot davom etadi. Özingiz uçun qanday xulosa çiqardingiz?

BSBekzod SulaymonovBekzod Sulaymonov

Men ham özim uçun har qanday imkoniyatdan foylalana oliş muhimligini bilaman. Öşa vaziyatda gol urganimda öyin boşqaça bölardi.

Savol

- Çindan ham gol urişga juda yaqin kelgandingiz. Öşa vaziyatda gol bölişiga nima halaqit qildi?

BSBekzod SulaymonovBekzod Sulaymonov

Ha, haqiqatan gol urişga yaqin kelgandim. Hamma narsani töliq bajardim. Ammo omad kelmadi, darvozaga kirmadi. Şu kamçilik ustida işlab, Xudo xohlasa, hali ğalabalarimizga öz xissamni qöşaman.

Savol

- Oldinda «Lokomotiv»ga qarşi çempionat öyini turibdi. Qolaversa, şu oyni özida ularga qarşi kubok yarim finalida ham öyin bor. Siz uçun qaysi biri muhim?

BSBekzod SulaymonovBekzod Sulaymonov

Bölajak uçraşuvlarga kelsak, ikkalasi ham muhim. Harakat qilamiz va Xudo xohlasa, ikkala öyinda ham ğalaba qozonamiz.

UlaşişTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildiriş uçun kiringTelegram orqali bir bosişda →
Yangiliklarni birinçi bölib bilingGollar, tarkib, jonli efir va çiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna böliş
Hamkorlarimiz
UzAuto Motors - FK Andijon homiysiCentrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysiKokand University - FK Andijon homiysiechipta - FK Andijon homiysi

Boşqa intervyular

Barça intervyular →