O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15
Islom Ahmedov: «Bir dona xatoimiz qimmatga tushdi»
Intervyu

“Bir dona xatoimiz qimmatga tushdi

IAIslom Ahmedov16-oktabr, 2026 · 3 ta savol · 2 daqiqa o'qish
O'yindan keyingi matbuot anjumani

"Andijon" - "Qizilqum" o'yindan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Islom Ahmedov matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

IAIslom Ahmedov

Birinchi o'rinda muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Juda alamli mag'lubiyat bo'ldi. Ochig'i, bu jamoani qabul qilganimizdan beri futbolchilar maydonda faqat natija uchun emas, chiroyli futbol namoyish qilish orqali natija ko'rsatish yo'lida ishlab kelayotgandik. Qaerdadir texnik xatolar bizga qimmatga tushdi. Bugun ham bir dona xatoimiz, raqibga o'zimiz pas orqali chiqib ketamiz deb shu vaziyatni yaratib berdik, bu qimmatga tushdi. Biz ham ko'plab imkoniyatlar yaratdik. Raqib esa natijani ushlab qolish uchun o'ynadi. O'z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik.

Savol

Martin Boakeni maydondan olinishi, hisobni tenglashtirish yoki g'alaba qozonish uchun o'rniga yana boshqa hujumchi qo'shib taktikani o'zgartirsa bo'lmasmidi?

IAIslom Ahmedov

Bizda yaqqol ikkita hujumchi bor edi, maydonda. Bular – Rustam Turdimurodov va Martin Boake. Raqib zich o'ynagandan keyin bo'ydor himoyachilari sababli havodan paslar o'tmadi. Shu bois Dragan Cheranni tushirdik. Chunki unda kreativ paslar bor edi. Yer bilan o'ynalganda Turdimurodov ko'proq pastdagi to'plarni yaxshi nazorat qilishi hisobiga uni saqlab qolgandik.

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o'yinni kuchaytira olishmadi...

O'yinni ko'rib chiqamiz. Kimnidir aybdor qilish noto'g'ri. Natija uchun murabbiy javobgar. Balki futbolchilarga nima xohlayotganimizni yetarlicha tushuntirib bera olmagandirmiz. Ko'rib chiqib tahlil qilamiz va xatolar ustida ishlaymiz.

Savol

«Andijon» muxlislari O'zbekistonda yetakchi, qo'llab-quvvatlash bo'yicha ham eng yaxshisi. Bunday muxlislari bor jamoa g'alaba qozonishga haqli. Lekin ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng murabbiylar shtabida iste'fo masalasi ko'rib chiqilmadimi?

IAIslom Ahmedov

Buni rahbariyat hal qiladi. Agar shu narsa jamoaga yordam beradigan bo'lsa, keyinchalik g'alabalarga zamin bo'lsa arizani yozaman. Men Andijon farzandiman, shu yerda o'sib ulg'aydim, non tuzini yedim. Jamoamiz g'alabasi uchun murabbiylar shtabi bilan bir kun ham dam olmasdan borimizni berib ishladik. Agar mening iste'foim jamoaga foyda keltirsa hoziroq ariza yozishga tayyorman.

Savol

Jarohat olgan legionerlar o'z yurtlariga borib davolanib kelishyapti. Bizda ham tibbiyotda malakali shifokorlar bor. Shu yerda qolib davolanishsa bo'lmaydimi?

IAIslom Ahmedov

Asosan gruziyalik o'yinchilarimiz jarohat olishdi. O'z yurtida mutaxassisi bor ekan. Unga ko'rinib, ko'nglini xotirjam qilish uchun borib kelishga ruxsat so'rashyapti. Rahbariyat bilan maslahatlashgan holda ruxsat beryapmiz.

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
UzAuto Motors - FK Andijon homiysiCentrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysiKokand University - FK Andijon homiysiechipta - FK Andijon homiysi

Boshqa intervyular

Barcha intervyular →