O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15
Jamshid Saidov: «Bunday muhitda o'ynash istalgan jamoaga qiyin»
Intervyu

“Bunday muhitda o'ynash istalgan jamoaga qiyin

JSJamshid Saidov16-oktabr, 2026 · 1 ta savol · 1 daqiqa o'qish
O'yindan keyingi matbuot anjumani

Superliganing 24-turidan o'rin olgan «Andijon» va «Qizilqum» (0:1) jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.

JSJamshid Saidov

Avvalo, bugungi o'yin haqida nima deyish mumkin? Biz uchrashuv juda qiyin kechishini bilgandik. Ayniqsa, 12-o'yinchisi - minglab muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ostida har qanday jamoa oldinga intiladi. Bunday muhitda o'ynash istalgan jamoaga qiyin. Biz bunga tayyorgarlik ko'rgandik.

Bugun g'alaba qozonganimizdan xursandman. Futbolchilarga maydondagi fidoyiligi uchun rahmat aytmoqchiman. Ular o'zlaridan talab qilingan vazifani bajarishdi.

Ming kilometrdan ortiq masofani bosib kelgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. «Andijon» jamoasiga esa keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Savol

Jamshid aka, Samandar Shukrullaevning maydonga tushirilishi, ya'ni, besh nafar himoyachi bilan o'ynashingiz hisobni saqlab qolish uchun qilingan o'zgarishmidi?

JSJamshid Saidov

Ha. O'zingiz ko'rdingiz, futbolchilarimiz biroz charchab qolishdi, «Andijon» esa bosimni kuchaytira boshladi. Shuning uchun himoyada besh nafar futbolchi bilan o'ynashga o'tdik.

Zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni qanchalik kuchaytira olishdi? Masalan, andijonlik yarim himoyachi...

Bizning zaxiradan tushgan futbolchimiz ham maydonga yaxshi kirishdi. Unga hujumdan ko'ra ko'proq himoyada harakat qilish vazifasi yuklatilgan edi. Shu sababli bu o'zgarishni amalga oshirdik. Menimcha, u yomon o'ynamadi, muvaffaqiyatli harakat qildi.

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
Kokand University - FK Andijon homiysiechipta - FK Andijon homiysiUzAuto Motors - FK Andijon homiysiCentrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysi

Boshqa intervyular

Barcha intervyular →