O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15
Usmonali Ismonaliev: «Bo'lajak o'yinga tayyormiz, biz o'zimizga ishonamiz»
Intervyu

“Bo'lajak o'yinga tayyormiz, biz o'zimizga ishonamiz

UIUsmonali IsmonaliyevUsmonali IsmonaliyevFutbolchi sahifasi →19-oktabr, 2026 · 3 ta savol · 2 daqiqa o'qish
Jamoamiz sardori bilan suhbat

«Andijon» klubini oldinda 20 oktabr sanasida O'zbekiston Kubogi chorak finalida Zominda «So'g'diyona» jamoasiga qarshi muhim bellashuv kutmoqda.

CHempionatda so'nggi uchta turda kutilmagan mag'lubiyatlarga uchragan «Burgutlar» ishonchni oqlash uchun endi Kubok doirasidagi muhim o'yinda ishtirok etib, ishqibozlarni xursand qilishni maqsad qilishgan.

Bu borada jamoa sardori Usmonali Ismonaliev ayrim savollarga javob berdi.

Savol

- Usmonali, «Andijon» chempionatda ketma-ket uchta uchrashuvda mag'lubiyatga uchragani albatta kutilmagan holat. Siz bu vaziyatga qanday izoh berasiz?

UIUsmonali IsmonaliyevUsmonali Ismonaliyev

Oldin bunday vaziyatga deyarli tushmaganmiz, ayniqsa, bu yil. O'ylashimcha, ketma-ket mag'lubiyatlar omadsizlik bilan bog'liq. «Buxoro»ni yutib turganimizda to'g'ri hakamlar halaqit qilishdi, ammo gap ko'proq o'zimizda. Omadsizlik va oxirida muvozanatni yo'qotdik. Bitta g'alaba bizni yanada kuchli qiladi va oldinga yurishimizga sabab bo'ladi. Bu o'yin «So'g'diyona» bilan bo'lib o'tadi. Bu juda qimmatli, muhim uchrashuv. G'alaba qozonib yarim finalga chiqishni istaymiz.

Mag'lubiyatlarimiz boya aytganimdek omadsizlik bilan bog'liq. «Qizilqum» bilan o'tgan o'yinda bitta gol o'tkazdik. Ammo statistikada biz tashabbusga egalik qilganimiz ko'rinadi. To'pni nazorat qildik. Buxoroda ham shunaqa bo'ldi. Lekin hamma joyda natija qoladi. Xudo xohlasa, biz kuchlimiz. Zominda «So'g'diyona»ni yutib muxlislarimizni xursand qilgan holda mag'lubiyatsiz seriyaga nuqta qo'ya olamiz. Keyin Samarqandda «Dinamo»ga qarshi maydonga tushamiz. Xudo xohlasa, Kubokda ijobiy natija qayd etib, Samarqandda ham yaxshi motivasiya bilan maydonga tushamiz. Biz hech qaerda kuchsiz o'ynamaganmiz. O'yinlarda imkoniyatlarga ega bo'la turib, yetarlicha foydalana olmayapmiz.

Jamoa sardori  sifatida ayta olamanki, biz bo'lajak o'yinga tayyormiz. Ruhiy tushkunlik yo'q. G'alaba bilan ishqibozlarimizni xursand qilamiz.

Savol

- Mag'lubiyatlardan keyin ruhiy tiklanish, omadsizlikni unutish va motivasiya olish qiyin bo'lmadimi?

UIUsmonali IsmonaliyevUsmonali Ismonaliyev

To'g'ri, qiyinchilik bo'ladi. Lekin o'yinlar o'tib ketdi, orqaga qaytarib bo'lmaydi. Aytib o'tganimdek, jamoamiz oxirgi o'yinda ham to'liq ustunlik qildi, hujumlar uyushtirdik. Darvozaga kirmasa qiyin. Xudo xohlasa, bitta g'alaba bilan bu vaziyatdan chiqib ketamiz. Oxirgi o'yindan keyin futbolchilar bilan, rahbariyat va murabbiylar bilan gaplashib oldik. Bizda ruhiy tushkunlik yo'q, ichki muhit ajoyib, jamoamizda muammo yo'q. Faqat o'zimizni-o'zimiz ruhlantirib maydonga chiqamiz va g'alaba bilan yuvib tashlaymiz.

Savol

- Bungacha «Andijon» «So'g'diyona» bilan joriy mavsumda ikki marta o'ynadi. Andijonda 4:0 hisobi qayd etilgan bo'lsa, safarda esa 1:0 ga yutqazdi. Ikkita uchrashuvdan xulosa qilinsa, bo'lajak raqibga qanday ta'rif berasiz va ko'proq nimalarga e'tibor qaratish lozim?

UIUsmonali IsmonaliyevUsmonali Ismonaliyev

To'g'ri, «So'g'diyona» uyida yaxshi o'ynagan. Bitta vaziyatni hal qilib ketadigan futbolchilari bor. Biz ham ularga munosib qarshilik ko'rsatib kelganmiz. Biz ularni yaxshi bilamiz va ular ham bizni yaxshi bilishadi. Ehtiyotkorlik bilan o'yin bo'ladi. CHunki o'yinni qiymati juda baland. Biz o'zimizga ishonamiz. Xudo xohlasa yarim finalga chiqamiz. Bu o'yinda g'alaba qozonishimiz shart. Hamma Kubok o'yinini kutyapti. Albatta, jizzaxliklar ham o'ziga bu o'yinda maqsad qo'ygan. Oxirigacha jang qilgan jamoa yutadi va biz bu bahsga tayyormiz!

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
echipta - FK Andijon homiysiUzAuto Motors - FK Andijon homiysiCentrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysiKokand University - FK Andijon homiysi

Boshqa intervyular

Barcha intervyular →