O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15
Yangilik

«Andijon»da tanqidiy yig‘ilish: oldinda muhim vazifalar turibdi

17-oktabr, 2026 · 1 daqiqa o'qish
«Andijon»da tanqidiy yig‘ilish: oldinda muhim vazifalar turibdi
Klubda ichki yig'ilish

«Andijon» futbol klubi qarorgohida bosh direktor Ziyodbek Mashrapov ishtirokida futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda jamoaning so‘nggi natijalari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavsumning qolgan qismida oldinda turgan muhim vazifalar muhokama qilindi.

15 oktabr kuni o'z maydonida «Qizilqum»ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan «Andijon» ketma-ket uchinchi uchrashuvda ham g'alaba qozona olmadi. Shu bois yig'ilish tanqidiy ruhda o'tib, mavjud vaziyatdan chiqish yo'llari va natijalarni yaxshilash masalalari atroflicha oʼrganildi.

Klub rahbariyati mag'lubiyatlar sabablarini tahlil qilib, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni o'rgandi va tegishli xulosalar chiqarildi. Shu bilan birga, rahbariyat amaldagi murabbiylar shtabiga ishonch bildirib, uni qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.

Shuningdek, Ziyodbek Mashrapov futbolchilar bilan ochiq muloqot o'tkazib, jamoa ichidagi muhit va mavjud muammolar bilan qiziqdi. Futbolchilar o'zlarini qiynayotgan jiddiy ichki muammolar yo'qligi, jamoadagi muhit yaxshi ekanini ta'kidlashdi. Qolaversa, ular bugungi vaziyatni yaxshi anglab turganliklarini, undan faqat birdamlik va jamoaviy harakat orqali chiqib ketish mumkinligiga ishonch bildirishdi.

Bosh murabbiy Islom Ahmedov ham futbolchilarga mas'uliyatni yanada oshirish zarurligini uqtirdi. Muxlislar ishonchini oqlash, ularning oldida yuzni yorug' qilish uchun g'alabalar muhimligi alohida ta'kidlandi.

8-turdan "Andijon" bosh murabbiyi sifatida ishga kirishgan Islom Ahmedovning statistikasi raqamlarda hozirgacha aks etganda:

Hozirgacha Superliga 17 o'yin
O'zbekiston Kubogida 4 o'yin
G'alaba: Superligada 8; Kubokda 2
Durang: Superligada 3; Kubokda 1
Mag'lubiyat: Superligada 7
To'plangan umumiy ochkolar: 34

Mavsumning hal qiluvchi pallasida «Andijon»ni chempionatda yana oltita uchrashuv hamda O'zbekiston Kubogining chorak finalidagi muhim bahs kutmoqda. 20 oktabr kuni Zominda «So'g'diyona»ga qarshi kechadigan kubok uchrashuvi jamoa uchun navbatdagi jiddiy sinov bo'ladi.

Yig'ilish yakunida qolgan o'yinlarni yuqori saviyada o'tkazish, natijalarni yaxshilash va mavsumni munosib tarzda yakunlash uchun har bir futbolchi hamda murabbiy o'z mas'uliyatini to'liq his etishi lozimligi qayd etildi.

Endi jamoa uchun eng muhimi — aytilgan gaplarni amalda isbotlash, birlashish va muxlislar ishonchini g'alabalar bilan oqlash.

Biz jamoamizga ishonamiz!

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
Kokand University - FK Andijon homiysiechipta - FK Andijon homiysiUzAuto Motors - FK Andijon homiysiCentrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysi

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →