O‘zbekchaРусскийEnglish
OldingiSo‘g‘diyonaSo‘g‘diyona1:2AndijonAndijonKeyingiDinamoDinamo—AndijonAndijon 25-oktabr, 2026 · 18:15
Yangilik

“Andijon” “So'g'diyona”ga qarshi o'yinga tayyorgarligini boshladi

17-oktabr, 2026 · 1 daqiqa o'qish
“Andijon” “So'g'diyona”ga qarshi o'yinga tayyorgarligini boshladi

“Burgutlar” bugundan o'z qarorgohida navbatdagi bellashuv uchun mashg'ulotlarga kirishdi.

Ma'lumki, 20 oktabr sanasida jamoamiz Zominda “So'g'diyona”ga qarshi O'zbekiston Kubogi 1\4 final doirasida maydonga tushadi.

Oldindagi muhim bellashuvga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rish ayni muddaodir. Shu bois Islom Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz kuchaytirilgan tarzda mashg'ulotlarga kirishishgan.

Gruziyalik Aleksandr Andronikashvili esa individual tarzda tiklanish mashqlarini bajarmoqda.

Ertaga jamoamiz kunning ikkinchi yarmida Zomin tomon yo'l oladi.

“So'g'diyona” – “Andijon” uchrashuvi 20 oktabr kuni soat 19:00 da boshlanadi.

Biz jamoamizga omad tilaymiz!

UlashishTelegramWhatsApp

Muxlislar fikri

Fikr bildirish uchun kiringTelegram orqali bir bosishda →
Yangiliklarni birinchi bo'lib bilingGollar, tarkib, jonli efir va chiptalar — rasmiy Telegram kanalimizda.
Obuna bo'lish
Hamkorlarimiz
UzAuto Motors - FK Andijon homiysiCentrum Air - FK Andijon homiysiAksoy suvi - FK Andijon homiysiKokand University - FK Andijon homiysiechipta - FK Andijon homiysi

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →