
“Futbolda xarakter ko‘p narsani hal qiladi
Zominda bo‘lib o‘tgan «So‘g‘diyona» va «Andijon» o‘rtasidagi o‘yin kutilganidek qiziqarli va shiddatli kechdi. O‘rtaga yarim final chiptasi tikilgan bahs bo‘lgani uchun ham jamoalar o‘yinni yuqori darajada o‘tkazdilar.
«Andijon» esa o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalana oldi va yakunda muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, yarim finalga yo‘l oldi.
Uchrashuvni faol o‘tkazgan Islom To‘xtaxo‘jayev esa mazkur o‘yin bo‘yicha ayrim savollarga javob berdi.
— «Andijon» Zominda juda muhim o‘yinda g‘alaba qozondi. Bu borada fikringiz qanday?
Islom To‘xtaxo‘jayevKubok doirasida o‘ziga yarasha qiziqarli uchrashuv bo‘ldi. «So‘g‘diyona» jamoasi ham yaxshi harakat qildi. Jamoamiz qiyin vaziyatda edi. Chunki ketma-ket mag‘lubiyatlar evaziga ruhiy tomondan qiyin edi. Lekin futbolchilar jonini berib, ko‘zi yonib o‘ynashdi. Anchadan beri ko‘zi yonib o‘ynamayotgandik. Xudoga shukr, futbolchilarimizga o‘ziga bo‘lgan ishonch qaytdi. O‘yin ham juda qiziqarli bo‘ldi, muxlislarga yoqadigan tarzda o‘tdi.
— Birinchi gol avtogol tufayli hisob ochildi. O‘sha vaziyatda siz jarima maydoni ichida faol harakat qildingiz va gol urilishiga hissa qo‘shdingiz. O‘sha vaziyatga qanday fikr bildirasiz?
Islom To‘xtaxo‘jayevBirinchi navbatda Humoyunmirzo Iminovning uzatmasini e’tirof etish kerak. Raqib o‘yinchisi meni ushlayman deb, to‘pga qaraymay qoldi. Natijada to‘p unga tegib, darvozaga kirib ketdi. Bunaqa holat futbolda bo‘lib turadi. Omadimiz kulib boqdi. Iminovning pasini maqtasa bo‘ladi.
— 0:2 dan keyin o‘yin oxirida harorat yanada «qaynadi». Mezbonlar bitta javob to‘pini kiritishgach, muxlislarda xuddi Buxorodagi ssenariy takrorlanishidan xavotir paydo bo‘ldi. Uchrashuv oxirlarida nimalarni o‘yladingiz?
Islom To‘xtaxo‘jayevBu futbol. Raqib jamoa yutqazayotganida oxirgi kuchini oldinga tashladi. Jarima maydoni ichida yo‘q joydan gol o‘tkazib yubordik. Buxoroda 2:0 hisobida yutayotganimizda oxirida biroz bo‘shashgandik. Bu safar orqada beshta himoyachi bo‘lib, yanada yaxshiroq o‘ynadik. Oxirida kurashlar bo‘ldi, omadimiz keldi.
— «Andijon» yarim finalda «Lokomotiv» bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu siz uchun ham o‘zgacha ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki ilgari «Lokomotiv»da ham faoliyat olib borgansiz. Yarim finalda sobiq klubingizga duch kelishingizni kutganmidingiz?
Islom To‘xtaxo‘jayev«Neftchi» ham, «Lokomotiv» ham sobiq jamoalarim. «Lokomotiv»da ham do‘stlarim ko‘p. Buni kutgandim, desam bo‘ladi. Baribir u yerda chempionlik xarakteriga ega futbolchilar ko‘p. Futbolda xarakter ko‘p narsani hal qiladi. Ularga qarshi uchrashuv qiyin va qiziqarli bo‘ladi. Ungacha bizda ham jarohatdagi o‘yinchilar tarkibga qaytadi va to‘liq tarkibda bo‘lamiz. Juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi.
Muxlislar fikri
Boshqa intervyular

Futbolda xarakter ko‘p narsani hal qiladi
Islom To‘xtaxo‘jayev
Futbolda xarakter ko‘p narsani hal qiladi
Islom To‘xtaxo‘jayev






