Jamoamiz futbolchisi jahon chempionatida ishtirok etadi

Ma'lumki, O'zbekiston U17 terma jamoamiz jahon chempionatiga yo'l olgan va 19 noyabr kuni Qatarda aynan U17 jahon chempionati boshlanadi.
Shu yilning 2-13 noyabr kunlari Toshkentdagi milliy futbol markazida so'nggi tayyorgarlik jarayoni bo'lib o'tadi. “Andijon” U19 va U21 jamoalarida to'p surgan 17 yoshli iqtidorli futbolchimiz Axror Ravshanbekov ham o'smirlar terma jamoasiga jalb qilingan.
Futbolchimiz Osiyo chempionatida ham o'zini har tomonlama ko'rsatib, terma jamoamizning mundialga yo'l olishiga munosib hissasini qo'sha olgan.
U17 jahon chempionati Qatarda shu yili 19 noyabrdan 13 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Terma jamoamiz “E” guruhida Italiya, Yamayka va Kot-d’Ivuvarga qarshi bahs olib boradi. Terma jamoamiz mundialga 14 noyabr kuni jo'nab ketishi rejalashtirilgan.
Muxlislar fikri
Boshqa yangiliklar

Vodiy derbisi bahsini boshqaradigan hakamlar ma'lum
Rasmiylar e'lon qilindi

«Andijon» oxirigacha kurashdi: Samarqandda muhim ochko qo‘lga kiritildi
O'yin sharhi

Afsuski, yoshlar jamoamizdan yana omad yuz o'girdi
U21 chempionati. 25-tur.






